Dilshod Sharofetdinov «Dinamo» U19 jamoasini boshqaradi
«Dinamo» PFK rahbariyati 2026 yilgi mavsumda mahalliy yosh o'yinchilarni tarbiyalash va ularni asosiy jamoaga tayyorlash masalasiga ham e'tiborni yanada oshirmoqda.
Shu maqsadda, o'tgan yillar davomida «Dinamo» klubi sharafini himoya qilgan, klub murabbiylar shtabi va rahbariyatida faoliyat yuritgan Dilshod Sharofetdinovga «Dinamo» U19 jamoasini boshqarish vazifasi yuklatildi. U shuningdek, jamoa texnik direktori sifatida ham faoliyat yuritadi.
«Dinamo» U19 jamoasida samarqandlik yana bir mahalliy mutaxassis Akmal Xolmatov ham murabbiy sifatida ish boshladi. Akmal o'tgan yillar davomida ham «Dinamo» yoshlar jamoalarida muvaffaqiyatli faoliyat yuritgan edi. Dilshod Sharofetdinov va Akmal Xolmatov U19 jamoasini yangi darajaga olib chiqib, yangi iqtidorlarni kashf etish va o'rinbosarlar hamda asosiy jamoaga tayyorlash ustida birgalikda ish olib borishadi.