locale OZ

Dilshod Ruzmetoff «Andijon» klubida ish boshladi

Yangi mutaxassis bilan 2025 yilning 31 dekabr sanasiga qadar shartnoma imzolandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Dilshod Ruzmetoff «Andijon» klubida ish boshladi
Photo: Andijon FK

«Andijon» jamoasi Osiyo Chempionlar ligasi 2 musobaqasida O'zbekiston sharafini himoya qiladi.

Xalqaro arenada har tomonlama klubning imidjini oshirish ustivor vazifalardan biri sanaladi.

Shu maqsadda «Andijon» jamoasining rahbariyat tizimida yangi kadr ish boshladi.

Klubda bosh direktorning tashqi ishlar bo'yicha o'rinbosari lavozimi joriy etildi va unga Dilshod Ruzmetoff tayinlandi.

Jamoaning rasmiy xalqaro tadbirlardagi vakili, shuningdek, «Andijon»ning xalqaro uchrashuvlarini har jihatdan sifatli o'tkazishga javobgar hisoblanadi.

Umuman olganda, uning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat bo'ladi:

• Klubning rivojlanish strategiyasini shakllantirish;

• Milliy va xalqaro miqyosida klub imidjini boshqarish;

• FIFA/AFC/UFA qonunchiligiga, sport qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish;

• Klubning rasmiy xalqaro tadbirlaridagi vakili;

• Xalqaro sport loyihalarida ishtirok etish;

• OAV va tashqi hamkorlar bilan o'zaro hamkorlik;

• Investisiyalarni jalb qilish;

• Klub brendini rivojlantirish;

• Marketing kompaniyalarni tashkil etish, muxlislar va fan klub bilan ishlash;

Dilshod Ozodovich bilan 2025 yilning 31 dekabr sanasiga qadar shartnoma imzolandi.

Ma'lumot uchun, Dilshod Ruzmetoff 1979 yilning 17 yanvar kuni Toshkent shahrida tug'ilgan. Jahon Iqtisodiyoti va Diplomatiya Universitetida tahsil olgan. Xalqaro huquq bo'yicha bakalavr va magistr darajasiga ega. Shuningdek, Bremen (Germaniya) Universitetining Yevropa va Xalqaro huquq bo'yicha master darajali (LL.M.EUR) bitiruvchisi. O'zbek, rus, ingliz va nemis tillarini mukammal biladi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting