locale OZ

Dilshod Komilov: «Milliy jamoa bilan JChda ishtirok etishni maqsad qilgandim»

Mazkur bellashuvdan so‘ng Sports24.uz muxbiri futbolchi bilan suhbatda bo‘ldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Dilshod Komilov: «Milliy jamoa bilan JChda ishtirok etishni maqsad qilgandim»
Фото: ЎФА

O‘zbekiston kubogi 1-turida «Navbahor» klubi Qoraqalpog‘iston FAnı 9:0 hisobida mag‘lub etdi. O‘yinda himoyachi Dilshod Komilov ham o‘z hisobiga gol yozib qo‘ydi. Mazkur bellashuvdan so‘ng Sports24.uz muxbiri futbolchi bilan suhbatda bo‘ldi.

“Bugungi o‘yin biz uchun yaxshi o‘tdi. Albatta, yosh jamoaga qarshi o‘ynash har doim ham siz o‘ylaganchalik oson bo‘lmaydi. Kubok bahslarida kutilmagan hisoblar qayd etilishi mumkin. Shu sababli har bir uchrashuvga puxta tayyorgarlik ko‘rib, raqibga bo‘lgan hurmatni saqlagan holda maydonga chiqish talab qilinadi.

Raqib jamoa borasida

“Aral akademiya” jamoasi mendan iliq taassurot qoldirdi. Chunki jamoa futbol o‘ynashga harakat qildi. Aksincha, hujumlar tashkil qilish, paslar orqali o‘yin namoyish etishga intildi. Garchi o‘ylangan rejalar o‘z natijasini bermagan bo‘lsa-da, ijobiy harakatlarini ko‘rish mumkin. Yosh futbolchilar. Shu tariqa mehnat qilsa, ular uchun foydali bo‘ladi. Ularga keyingi bahslarida omad tilab qolaman.

“Xorazm” borasida

“Albatta, “Xorazm” jamoasiga qarshi maksimal tayyorgarlik olib boramiz. Jamoamizning asosiy maqsadi guruh bahslarida 1-o‘rin bilan keyingi bosqichga chiqishdan iborat. Shunga yarasha tayyorgarlik qilinadi.

Kubokdagi maqsad borasida

“Navbahor” o‘z oldiga kubokda maksimal vazifa qo‘ygan. Kubokni yutishni istaymiz. Buning uchun hamma birdek ishonib harakat qilsak, albatta maqsadga erishamiz. Muxlislarimiz ham bizdan shuni kutishadi. Biz esa ularni xursand qilish uchun oxirigacha harakat qilamiz.

Milliy jamoaga chaqirilmagani haqida

“Har bir futbolchi milliy jamoaga chaqiruv olish uchun harakat qiladi. Uning libosini kiyish sharaf. Mavsum boshida jarohatim sababli ko‘plab o‘yinlarda ishtirok eta olmadim. To‘g‘risi, chaqiruv olish uchun harakat qildim. O‘zimga bo‘lajak jahon chempionatida vatanim jamoasi bilan ishtirok etishni maqsad qilib qo‘ygandim. Hozir kimlar chaqiruv olgan bo‘lsa, barchasi haqqoniy ravishda jalb qilingan. Kim yaxshi holatda bo‘lsa, o‘sha boradi. Nima bo‘lganda ham milliy jamoamiz o‘yinchilariga omad tilayman. Mundialda ham yaxshi ishtirok etishiga ishonaman”, — dedi Komilov.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting