Dik Advokat Kyurasao terma jamoasini tark etdi
U 2024 yildan beri terma jamoani boshqarayotgan edi.
ФОТО: Getty images
Dik Advokat Kyurasao terma jamoasi bosh murabbiyligidan ketdi.
78 yoshli mutaxassis qizining sog‘ligi bilan bog‘liq muammolar tufayli shunday qarorga keldi. Uning o‘rnini Fred Rutten egallaydi.
"Men har doim oila futbolga nisbatan muhimroq ekanini aytganman. Demak, bu tabiiy yechim. Lekin bu Kyurasaoni, uning odamlarini va hamkasblarimni juda sog‘inishimni o‘zgartirmaydi. Ushbu turnir tarixidagi eng kichik davlat terma jamoasi bilan jahon chempionatiga chiqish faoliyatimdagi eng yorqin voqealardan biri bo‘lganini hisoblayman.
Men o‘z o‘yinchilarim va shtabim, shuningdek, bizga ishongan boshqaruv a’zolari bilan faxrlanaman", – dedi Advokat.
Eslatib o‘tamiz, Dik 2024 yilning yanvaridan beri Kyurasao terma jamoasini boshqarib kelayotgan edi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist