locale OZ

Dik Advokat Kyurasao terma jamoasi bosh murabbiyligi lavozimiga qaytmoqda

Kyurasao terma jamoasi jahon chempionatida Germaniya, Kot-d’Ivuar va Ekvador bilan bir guruhga tushgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Dik Advokat Kyurasao terma jamoasi bosh murabbiyligi lavozimiga qaytmoqda
ФОТО: Getty images

Mashhur niderlandiyalik murabbiy Dik Advokat 2026 yil fevralida oilaviy sabablar tufayli tark etgan Kyurasao terma jamoasining bosh murabbiyligi lavozimiga yana qaytayotgani haqida ESPN xabar berdi.

Manbaning ma’lumotiga ko‘ra, terma jamoa futbolchilari mart oyida Avstraliya (1:5) va Xitoy (0:2) bilan o‘tkazilgan xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlaridagi muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng murabbiyning qaytishini talab qilishgan. Shuningdek, terma jamoa homiylari ham moliyaviy bosim o‘tkazgan.

Advokat Karib havzasidagi mamlakatning milliy terma jamoasini boshqaradi va u iyun oyida ilk bor tarixda jahon chempionatida ishtirok etadi. Kyurasao futbol federatsiyasi 12 may kuni Advokatning qaytishi haqida rasmiy matbuot anjumani o‘tkazishi kutilmoqda.

11 may kuni rasmiy saytida e’lon qilindiki, fevral oyidan beri lavozimni egallab kelgan Fred Ryutten ishdan ozod qilingan.

Kyurasao terma jamoasi jahon chempionatida Germaniya, Kot-d’Ivuar va Ekvador bilan bir guruhga tushgan. Advokat jahon chempionatlari tarixida eng yuqori yoshdagi murabbiy bo‘lishi mumkin — hozirda u 78 yoshda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting