locale OZ

Diego Simeone Xulian Alvaresning xatti-harakatidan g‘azabda

So‘nggi kunlarda Alvares jamoaviy mashg‘ulotlarni o‘tkazib yubordi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Diego Simeone Xulian Alvaresning xatti-harakatidan g‘azabda
Foto: Getty Images

“Atletiko Madrid” bosh murabbiyi Diego Simeone hujumchi Xulian Alvares bilan bog‘liq vaziyatdan keskin norozi. Argentinalik futbolchi ochiqchasiga “Barselona”ga o‘tish istagini bildirgan, biroq Madrid klubi uni Kataloniya jamoasiga sotishni istamayapti.

So‘nggi kunlarda Alvares jamoaviy mashg‘ulotlarni o‘tkazib yubordi. Klub buni futbolchining holati bilan izohlagan bo‘lsa-da, uning transfer istagi bilan bog‘liq keskinlik ham davom etmoqda. La Liga sharhlovchisi Fil Kitromilidesning aytishicha, Simeone Alvaresning tutumidan shu qadar jahli chiqqanki, hatto unga qarashni ham istamayapti.

Shunga qaramay, Alvares 30-avgust kuni “Atletiko”ning umumiy mashg‘ulotlariga qaytdi. Klub vakillari futbolchining holati yaxshi ekanini va keyingi La Liga uchrashuvida undan foydalanish mumkinligini bildirgan.

Ma’lumot uchun, Alvaresga “Arsenal” ham jiddiy qiziqish bildirmoqda. Biroq futbolchining o‘zi hozircha Angliyaga qaytishdan ko‘ra “Barselona” variantini afzal ko‘rayotgani aytilmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting