Diego Simeone boshqaruvidagi «Atletiko» oʻz maydonida oʻtkazilgan YChL pley-off bahslarida hali magʻlubiyatga uchramagan
Madridliklarning ushbu seriyasi ham eski, ham yangi stadionlarda qayd etilgan.
FOTO: Getty Images
Diego Simeone boshqaruvidagi Madridning «Atletiko» klubi o‘z maydonida o‘tkazilgan Chempionlar Ligasi pley-off bahslarida hali biror marta ham mag‘lubiyatga uchramagan. Bu haqda Opta tahliliy portali xabar bermoqda.
Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, «matraschilar»ning ushbu seriyasi jamoaning ham eski, ham yangi stadionlarini qamrab olgan:
- «Visente Kalderon»da: 7 ta g‘alaba va 4 ta durang.
- «Metropolitano»da: 6 ta g‘alaba va 2 ta durang.
Ushbu muvaffaqiyatli seriya kecha tunda ham davom etdi. Chempionlar ligasining 1/8 final dastlabki uchrashuvida «Atletiko» o‘z maydonida Angliyaning «Tottenhem» jamoasini qabul qilib, 5:2 hisobida yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Simeone shogirdlari javob o‘yini oldidan o‘zlari uchun juda qulay imkoniyat yaratib olishdi. Javob bahsi 18 mart kuni Londonda bo‘lib o‘tadi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist