locale OZ

Didye Deshamning onasi vafot etdi

Fransiya bosh murabbiyi terma jamoa qarorgohini tark etadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Didye Deshamning onasi vafot etdi
FOTO: Getty Images

Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Didye Desham vaqtincha jamoa qarorgohini tark etadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, mutaxassisning onasi vafot etgan. Shu sababli Desham AQShda davom etayotgan Jahon chempionati vaqtida Fransiya terma jamoasi joylashgan qarorgohni tark etib, yaqinlari yonida bo‘lish va dafn marosimida ishtirok etish uchun vatanga qaytadi.

Fransiya futbol federatsiyasi rahbariyati bilan kelishilgan holda, Desham o‘zining qaytishiga qadar terma jamoani boshqarishni yordamchisi Gi Stefanga topshirdi.

Shu bois Didye Desham 26-iyun kuni guruh bosqichining so‘nggi turida Norvegiyaga qarshi bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda murabbiylar skameykasida bo‘lmaydi.

Qayd etilishicha, ushbu xabar Fransiya terma jamoasi a’zolariga ham og‘ir ta’sir qilgan. Hozirda Fransiya terma jamoasi JCh-2026 guruh bosqichida 2-turdan so‘ng 6 ochko jamg‘argan holda «I» guruhida peshqadamlik qilmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting