locale OZ

Didye Desham: «Men futbolda qolaman»

Didier kelajagi haqida fikr bildirdi.
Didier Deschamps: «Men futbolda qolaman»
ФОТО: Getty images

Fransiya milliy jamoasining sobiq bosh murabbiyi Didye Desham terma jamoani tark etganidan keyingi rejalarini sharhladi.

«Kelajakda meni nima kutayotganini bilmayman, ammo bu yangi va yaxshi bosqich bo‘ladi. Men qandolatchi ham, siyosatchi ham bo‘lmayman. Men futbolda qolaman, chunki bu sohada turli imkoniyatlar bor», — dedi Didye Desham.

57 yoshli mutaxassis Fransiya milliy jamoasini 14 yil davomida boshqargan. Uning rahbarligida "uch ranglilar" 2018 yilgi Jahon chempionatida g‘olib chiqdi, 2021 yilda Millatlar ligasi kubogini qo‘lga kiritdi hamda 2022 yilgi mundialda finalgacha yetib bordi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Didye Deshamning o‘rnini Zinedine Zidane egallashi kutilmoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting