locale OZ

Didye Desham Fransiya terma jamoasi lageriga qaytdi

Avvalroq u onasi vafoti munosabati bilan vataniga qaytib ketgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Didye Desham Fransiya terma jamoasi lageriga qaytdi
FOTO: Getty Images

Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Didye Desham milliy jamoa lageriga qaytdi. Avvalroq mutaxassis onasining vafoti sababli vataniga qaytib ketgandi.

Shu munosabat bilan u Jahon chempionati guruh bosqichi 3-turidan oʻrin olgan Norvegiya — Fransiya uchrashuvini oʻtkazib yubordi. Mazkur bahsda faranglar 4:1 hisobida gʻalaba qozondi.

Maʼlumot uchun, Fransiya guruh bosqichi yakunlariga koʻra 9 ochko jamgʻarib, “I” guruhida birinchi oʻrinni egalladi. Endi Desham shogirdlari 1/16 finalda Shvetsiyaga qarshi maydonga tushadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting