locale OZ
locale OZ
Mehmon
Mehmon Izoh qoldirish uchun kiring yoki ro'yxatdan o'ting
Menyu

Dide Drogba Lionel Messiga faoliyatini yakunlashni tavsiya qildi

Futbol 26 apr 2025 da 05:47
Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Dide Drogba Lionel Messiga faoliyatini yakunlashni tavsiya qildi
Dide Drogba Lionel Messiga faoliyatini yakunlashni tavsiya qildi

Londondagi “Chelsi” klubi sobiq hujumchisi Dide Drogba argentinalik yulduz Lionel Messiga professional faoliyatini yakunlash haqida o'ylab ko'rishni tavsiya qildi.

Give Me Sport nashri Drogbani quyidagi so'zlarini keltirdi: “Men Messiga hoziroq faoliyatini yakunlashni maslahat beraman. U futbol uchun juda ko'p ish qildi. So'nggi jahon chempionatidagi g'alabasi uni yanada buyuk shaxsga aylantirdi. U ajoyib futbolchi!”

37 yoshli Messi 2023 yil yozida “Inter Mayami”ga o'tgan edi. Shu vaqt mobaynida u barcha musobaqalarda 49 ta o'yin o'tkazib, 42 ta gol urdi va 21 ta golli uzatma qildi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2025 yil oxirigacha davom etadi. Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 20 million yevroni tashkil qiladi.

Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting