Dibala «Roma»da qolishni xohlamoqda — manba
«Roma» hujumchisi, argentinalik Paulo Dibala rimliklar safida qolishni istamoqda. Bu haqda La Repubblica xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, futbolchi uning kelajagini Argentina chempionati bilan bog‘layotgan mish-mishlardan hayron. Dibala klub rahbariyatiga jamoada qolishni xohlayotganini bildirgan.
Shu bilan birga, klubning sport direktori Frederik Massara hali yakuniy qarorni qabul qilmagan. Massara jamoaning o‘rtacha yoshini pasaytirishni istaydi, biroq Dibalani ham loyihaning muhim qismi deb biladi.
Shu bilan birga, argentinalik forvard maoshining sezilarli darajada kamayishiga rozi bo‘lishi kerak bo‘ladi — hozirda uning yillik ish haqi 8,5 million yevroni tashkil etadi. Dibalaning «Roma» bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozigacha mo‘ljallangan.