Dibala «Roma»da qolish uchun maoshini kamaytirishga tayyor
Biroq Rim klubi rahbariyati yangi shartnoma bo‘yicha muzokaraga kirishmagan.
ФОТО: Getty images
«Roma» hujumchisi Paulo Dibala klubda yana kamida bir mavsum qolish uchun o‘z maoshini sezilarli darajada qisqartirishga tayyor, deb xabar beradi insayder Nikolo Skira X ijtimoiy tarmog‘ida.
Manbaning ma’lumotiga ko‘ra, rimlik klub hozircha futbolchiga yangi shartnoma bo‘yicha rasmiy taklif yo‘llamagan.
Shu bilan birga, Dibala ham avvalroq jamoa egasi Den Fridkinning qarorini kutayotganini ta’kidlagan edi.
«Roma» bosh murabbiyi Jan Piero Gasperini argentinalik hujumchini tarkibda saqlashdan manfaatdor, biroq futbolchining kelajagi klub rahbariyatining qaroriga bog‘liq bo‘ladi.
Joriy mavsumda 32 yoshli forvard 25 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma berdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist