locale OZ

Dibala: \"Roma\" bilan shartnomani uzaytirganimdan juda xursandman\"

32 yoshli futbolchi klub safida faoliyatini davom ettirish imkoniyatidan mamnun.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Dibala: "Roma" bilan shartnomani uzaytirganimdan juda xursandman"
Foto: Getty Images

Argentina terma jamoasi hujumchisi Paulo Dibala "Roma" bilan yangi shartnoma imzolaganidan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

32 yoshli futbolchi klub safida faoliyatini davom ettirish imkoniyatidan mamnun ekanini bildirib, "Roma"ni o‘zi uchun alohida jamoa deb atadi.

"Men juda xursandman. "Roma" men va oilam uchun alohida klubga aylandi. Bu yerda o‘zimni uyimdagidek his qilaman va muxlislarning mehrini doimo his qilib kelaman. Umid qilamanki, oldinda bizni yana ko‘plab muvaffaqiyatlar kutmoqda", — dedi Dibala.

Avvalroq "Roma" Paulo Dibala bilan shartnoma 2027-yilning 30-iyuniga qadar uzaytirilganini rasman e'lon qilgandi. Argentinalik futbolchi 2022-yildan buyon Rim klubi sharafini himoya qilib kelmoqda. Shu vaqt davomida u barcha musobaqalarda 139 ta uchrashuvda maydonga tushib, 45 ta gol urgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting