Dibala «Boca Juniors»ga o'tishi mumkin
Futbolchi “Roma” safida 2022 yil yozidan beri o‘ynaydi.
ФОТО: Getty images
“Roma” hujumchisi Paulo Dibala faoliyatini Argentinada davom ettirishi mumkin. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “Boca Juniors” rahbariyati 32 yoshli futbolchi bilan 2026 yilda shartnoma imzolashni istamoqda.
Dibala hozircha vataniga qaytishga ishtiyoq bildirayotgani yo‘q va qarorini mavsum yakunida qabul qiladi.
Futbolchi “Roma” safida 2022 yil yozidan beri o‘ynamoqda. Shartnomasi kelasi yozda yakuniga yetadi.
Joriy mavsumda u 13 uchrashuvda maydonga tushib, 2 gol va 1 assist qayd etdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist