Dibala «Boca Juniors»da to'p surishni xohlamoqda
"Roma" hujumchisi Paulo Dibala "Boca Juniors"ga qaytishni rejalashtirmoqda. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar berdi.
Manbaga ko'ra, hozirgi vaqtda Dibalaning "Roma" bilan shartnomani uzaytirishi katta shubha ostida, chunki uning maoshi klub uchun juda yuqori hisoblanadi.
Futbolchining "Roma" bilan amaldagi shartnomasi joriy yil yozida nihoyasiga yetadi, shu bois u Argentinaga qaytish imkoniyatini jiddiy ko'rib chiqmoqda. Dibala faoliyatini "Boca Juniors"da davom ettirish niyatida.
U 2022 yildan beri "Roma" safida harakat qilib kelmoqda. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 9 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma berdi. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, 31 yoshli hujumchining bozor qiymati 8 million yevroni tashkil etadi.