Dibala A Seriyaning 20 yillik rekordini yangiladi
Argentinalik hujumchi «Torino»ga qarshi oʻyinda bitta gol urdi va bitta assist qayd etdi.
FOTO: Getty Images
«Roma» hujumchisi Paulo Dibala A Seriyaning 2006/07 yilgi mavsumodan buyon eng ko‘p samarali harakat amalga oshirgan legioner sifatida tarixga kirdi. Argentinalik futbolchi hisobida kamida 200 ta golli ishtirok bor — 131 ta gol va 69 ta golli uzatma.
Italiya chempionatining 21-turi doirasida «Torino»ga qarshi bo‘lib o‘tgan va rimliklarning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan uchrashuvda Dibala bitta gol urdi hamda bitta golli pas muallifi bo‘ldi.
Futbolchi «Roma» safiga 2022 yil yozida «Yuventus» bilan shartnomasi yakunlangach, erkin agent sifatida kelib qo‘shilgandi. U so‘nggi 20 yil ichida A Seriyada 200 ta samarali harakat marrasini zabt etgan ilk legionerga aylandi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist