Dias O‘zbekiston – Kolumbiya uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi deb topildi
29 yoshli futbolchi ushbu bahsda gol va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
ФОТО: Getty images
Kolumbiya terma jamoasi hujumchisi Luis Dias 2026 yilgi Jahon chempionati final bosqichi guruh bosqichi 1-turidan o‘rin olgan O‘zbekistonga qarshi o‘yinning (3:1) eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
29 yoshli futbolchi ushbu bahsda gol va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Ma’lumot uchun, bu Dias uchun Jahon chempionatlaridagi debyut uchrashuv bo‘ldi. U umumiy hisobda milliy terma jamoasi safida 75 ta o‘yinda maydonga tushib, 23 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
Keyingi turda Kolumbiya termasi Kongo DRga qarshi bellashdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist