locale OZ

Di Mariya: «Mastantuono mendan ancha iqtidorliroq»

Argentinalik yulduz «Real»dagi hamyurti haqida fikr bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Di Mariya: «Mastantuono mendan ancha iqtidorliroq»
FOTO: Getty Images

«Benfika», «Real», «Manchester Yunayted» va «PSJ» kabi grand klublarning sobiq yulduzi, ayni damda «Rosario Sentral» sharafini himoya qilayotgan Anxel Di Mariya «Qirollik klubi»ning yosh yarimhimoyachisi Franko Mastantuono haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Afsonaviy argentinalik futbolchi AS nashriga bergan intervyusida yosh hamyurtini o‘ziga qiyoslaganlarga javob qaytardi:

«Frankoni men bilan solishtirishadi, lekin u mendan ancha iqtidorliroq va driblingi ancha kuchli. U — yuqori darajadagi futbolchi. Ishlari biroz yurishmaganda uni ham tanqid qilib, hisobdan chiqarib yuborishgandi. Xuddi Xabi Alonso bilan bo‘lgani kabi. Ammo uning butun faoliyati hali oldinda. Hozir uning ishlari yaxshilanib bormoqda, ko‘p o‘yin amaliyotiga ega bo‘lyapti. Atrofingda eng zo‘r o‘yinchilar bo‘lganda, mahoratingni oshirish yanada osonlashadi», — deydi Di Mariya.

Eslatib oʻtamiz, Mastantuono 2025 yilning yozida «River Pleyt»dan «Real»ga koʻchib oʻtgandi. Tomonlar oʻrtasida tuzilgan amaldagi kelishuv 2031 yilga qadar amal qiladi.

Maʼlumot uchun, Mastantuono «Real» safiga kelib qo‘shilganidan so‘ng o‘zining texnik harakatlari bilan mutaxassislar e’tiborini tortib kelmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting