locale OZ

Di Mariya faoliyatidagi 37-sovrinni qoʻlga kiritdi

Argentina futbol federatsiyasi «Rosario»ni mamlakat chempioni deb eʼlon qildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Di Mariya faoliyatidagi 37-sovrinni qoʻlga kiritdi
FOTO: Getty Images

Mashhur argentinalik hujumchi Anxel Di Mariya o‘z yurtida yana bir sovrinni qo‘lga kiritdi.

Bugun Argentina futbol federatsiyasi «Rosario Sentral» klubini mamlakat chempioni deb e’lon qildi. Bunga jamoaning mavsumning ikki qismi bo‘yicha umumiy hisobda eng ko‘p ochko jamg‘argani sabab bo‘ldi.

Yillik eng yaxshi natija «Rosario Sentral»ga Libertadores Kubogiga yo‘llanma ham taqdim etdi.

Biroq ushbu qaror Argentinada bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi. Chunki jamoalar chempion nomi e’lon qilingandan keyin ham o‘yinlarni davom ettirib, Apertura va Klausura g‘oliblarini hamda ikki divizionning eng kuchli jamoalari o‘rtasidagi «oltin o‘yin» g‘olibini aniqlashadi.

Maʼlumot uchun, bu sovrin Di Mariyaning faoliyatidagi 37-trofeyga aylandi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting