locale OZ

Di Mariya do‘koni talon-toroj qilingan muxlisga yordam berdi

Savdo nuqtasi egasi Nikolas Marin hujum oqibatida mahsulotlarining qariyb 85 foizidan ayrilgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Di Mariya do‘koni talon-toroj qilingan muxlisga yordam berdi
Foto: Getty Images

“Rosario Sentral” futbolchisi Anxel Di Mariya klub muxlislaridan biriga yordam qo‘lini cho‘zdi. “Nyuells Old Boyz”ga qarshi Rosario derbisi arafasida bezorilar “Rosario Sentral” atributikalari sotiladigan savdo nuqtasiga hujum qilib, uning katta qismini talon-toroj qilgan. Bu haqda TyC Sports xabar berdi.

Savdo nuqtasi egasi Nikolas Marin hujum oqibatida mahsulotlarining qariyb 85 foizidan ayrilgan. Voqea vaqtida uning o‘g‘li Eloy ham otasining yonida bo‘lgan. Hodisa oilaga katta moddiy va ruhiy zarar yetkazgan.

Voqeadan xabar topgan Di Mariya oilasi jabrlanganlarni qo‘llab-quvvatlashga qaror qildi. Futbolchining rafiqasi Xorxelina Kardoso Marinlar oilasi bilan uchrashib, Eloyga Di Mariyaning imzosi tushirilgan “Rosario Sentral” futbolkasini sovg‘a qildi.

Ma’lumot uchun, Anxel Di Mariya ayni paytda o‘zi tarbiya topgan “Rosario Sentral” safida faoliyatini davom ettirmoqda. 38 yoshli futbolchi 2026-yilda barcha musobaqalar doirasida 29 ta uchrashuvda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting