Di Mariya \"Benfika\"ni tark etadi
Photo: Getty Images
Argentinalik vinger Anxel di Mariya "Benfika"ni tark etadi. Bu haqda "deadlinedaylive" ma'lum qildi.
Portugaliyaning nufuzli klubi 37 yoshli futbolchi bilan hamkorlikni davom ettirmaslikka qaror qilgan. Tomonlar o'rtasidagi amaldagi shartnoma muddati yozda tugaydi.
Di Mariya Evropada "Real Madrid", "Manchester Yunayted", PSJ va "Yuventus" safida to'p tepgan. Argentina milliy terma jamoasi tarkibida hujumchi 145 ta o'yin o'tkazib, 31 ta gol urgan.
Joriy mavsum u Portugaliya chempionatida 23 ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 5 assist qayd etgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist