locale OZ

Di Mariya Argentina terma jamoasiga minnatdorchilik bildirdi

Ispaniya esa ushbu g‘alaba orqali o‘z tarixida ikkinchi marta jahon chempioniga aylandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Di Mariya Argentina terma jamoasiga minnatdorchilik bildirdi
ФОТО: Getty images

Argentina terma jamoasining sobiq vingeri Anxel Di Mariya jamoaning Jahon chempionatidagi ishtirokiga munosabat bildirdi.

«Mamlakat sizlar bilan faxrlanadi. Butun Argentina sizlarning xarakteri va Jahon chempionati davomida namoyon etgan mehri atrofida birlashdi. Bu — Argentina tarixidagi eng yaxshi terma jamoa. Qator beshta finalga chiqish — hech kim tortib ola olmaydigan yutuq. Sizlarga faqat rahmat!», — deb yozdi Di Mariya ijtimoiy tarmoqlarda.

Jahon chempionatining hal qiluvchi uchrashuvida Argentina Ispaniyaga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lib, musobaqaning kumush medallarini qo‘lga kiritdi.

Ispaniya esa ushbu g‘alaba orqali o‘z tarixida ikkinchi marta jahon chempioniga aylandi. Ispanlar ilk bor 2010 yili Janubiy Afrika Respublikasida bo‘lib o‘tgan mundialda bosh sovrinni qo‘lga kiritgan edi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting