Devid «Yuventus»ni tark etishi mumkin
Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 35 million yevroga baholamoqda.
ФОТО: Getty images
"Yuventus" hujumchisi Jonatan Devid yozgi transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar berdi.
Manbaga ko'ra, turin klubi rahbariyati hamda bosh murabbiy Luchano Spalletti futbolchining o‘yinidan to‘liq qoniqmayapti va ehtimoliy transfer bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor.
Eslatib o'tamiz, kanadalik forvard 2025 yilda "Lill"dan erkin agent sifatida "Yuventus" safiga qo'shilgan edi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan.
Joriy mavsum Devid barcha turnirlar doirasida 37 bahsda maydonga tushib, 7 gol va 5 assist qayd etdi. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 35 million yevroga baholamoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist