locale OZ

Devid Moyesga \"Britaniya imperiyasi ofitseri\" ordeni berildi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Devid Moyesga "Britaniya imperiyasi ofitseri" ordeni berildi
Photo: Getty Images

Devid Moyes Britaniya imperiyasining ofitseriga aylandi.

Bu orden unga futbol sohasidagi xizmatlari uchun berildi. “Everton” bosh murabbiyi bundan faxrlanishini bildirdi:

"Bugun ushbu ordenni olish men uchun katta sharaf bo‘ldi. Bu — haqiqatan ham men va oilam uchun o‘ziga xos kun. Otam ilgari Britaniya imperiyasining kavaleri unvoniga sazovor bo‘lgan, endi esa men ofitser unvonini oldim, shuning uchun biz oilaviy bundan juda faxrlanamiz.

Bu mening shahzoda Uilyam bilan birinchi uchrashuvim edi, u meni “Everton”ning yutuqlari bilan tabrikladi. Shuningdek, biz uning sevimli klubi “Aston Villa” va jamoaning so‘nggi bir necha yildagi muvaffaqiyatlari haqida gaplashdik.

U futbolga juda qiziqadi, o‘g‘li ham shunday, shuning uchun undan mukofot olish juda ajoyib edi", — dedi Moyes.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting