locale OZ

Devid Bekxem va Garri Nevill birgalikda Angliya klubini sotib olishdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Devid Bekxem va Garri Nevill birgalikda Angliya klubini sotib olishdi
FOTO: Getty Images

“Manchester Yunayted”ning sobiq futbolchilari Devid Bekxem va Garri Nevill Angliyaning to'rtinchi divizionida to'p suradigan “Salford Siti”ni sotib olishdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

“Men Salfordda o'sganman. U yerda yashagan vaqtimni yaxshi xotiralar bilan eslayman. Bu joy va u yerdagi odamlar mening futbolchilik faoliyatimda muhim rol o'ynagan”, - deydi Bekxem.

The Athletic nashrining xabariga ko'ra, Bekxem va Nevill “Salford Siti” aksiyadori Piter Lim ketganidan so'ng bir necha oy davomida sarmoyaviy sheriklar izlagan.

Natijada ular Amerikaning Consello konsalting firmasi asoschisi Deklan Kelli va Lawn Tennis Assotsiatsiyasi raisi Lord Mervin Devis bilan birlashishdi. Ular “Salford Siti” direktorlar kengashining hamraislari bo'lishadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting