locale OZ

Devid Bekxem tarixdagi eng yaxshi futbolchi nomini aytdi

«Inter Mayami» prezidenti jamoa hujumchisini eʼtirof etdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Devid Bekxem tarixdagi eng yaxshi futbolchi nomini aytdi
Devid Bekxem tarixdagi eng yaxshi futbolchi nomini aytdi

«Manchester Yunayted» sobiq yarimhimoyachisi, hozirda MLSning «Inter Mayami» klubi hammuassisi va prezidenti hisoblangan Devid Bekxem tarixdagi eng yaxshi futbolchi haqidagi fikri bilan o‘rtoqlashdi.

«Tarixdagi eng buyuk futbolchi? Bu juda oson — Messi! Hech shubhasiz, u eng yaxshisi», — dedi Bekxem.

Argentinalik hujumchi Lionel Messi 2023 yildan buyon «Inter Mayami» sharafini himoya qilib kelmoqda. U ushbu klub tarkibida MLS muntazam chempionati va pley-off bosqichi g‘olibiga aylandi, shuningdek, Ligalar kubogini qo‘lga kiritdi.

Argentinalik yulduzning Florida jamoasi bilan shartnomasi 2028 yil yakuniga qadar mo‘ljallangan. Joriy mavsumda Messi 12 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va bitta samarali uzatmani amalga oshirdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting