Devid Bekxem faoliyati davomida eng yaxshi sardor kim bo‘lganini aytdi
Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Devid Bekxem o‘z faoliyatidagi eng yaxshi sardor sifatida "Manchester Yunayted" afsonasi Roy Kinni tilga oldi.
«Men bilan birga o‘ynaganlar orasida eng yaxshi sardor – Roy Kin», – dedi Bekxem CBS Sports telekanaliga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Roy Kin faoliyati davomida "Nottingem Forest", "Manchester Yunayted" va "Seltik" jamoalarida to‘p surgan, shuningdek, Irlandiya terma jamoasi sharafini ham himoya qilgan. U 2006 yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagan.
Devid Bekxem esa "Manchester Yunayted", "Real Madrid", "Milan", "Los-Anjeles Gelaksi" va "Pari Sen-Jermen" klublarida to‘p surgan. Hozirda u AQShning "Inter Mayami" klubi hamasoschilaridan biri hisoblanadi.