locale OZ

Devid Bekhem rafiqasi Viktoriya uchun romantik syurpriz uyushtirdi

U rafiqasini Italiyadagi Portofino shahriga — juftlik 1997-yilda ilk bor birgalikda dam olgan joyga olib bordi.
Devid Bekhem rafiqasi Viktoriya uchun romantik syurpriz uyushtirdi
Foto: Getty Images

Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Devid Bekhem turmush o‘rtog‘i Viktoriya Bekhem uchun o‘ziga xos romantik syurpriz tayyorladi. U rafiqasini Italiyadagi Portofino shahriga — juftlik 1997-yilda ilk bor birgalikda dam olgan joyga olib bordi.

Bekhemlar aynan munosabatlarini jamoatchilikka oshkor qilishlaridan avval birga borgan mehmonxonaga qaytishdi. Devidning ta’kidlashicha, ular 29 yil avval ham shu yerda qolgan va o‘sha paytda ularning munosabatlari haqida deyarli hech kim bilmagan.

Juftlik sayohatdan olingan suratlarni ijtimoiy tarmoqlarda ham bo‘lishdi. Viktoriya Portofinoga qaytganidan mamnunligini bildirib, turmush o‘rtog‘iga muhabbat izhor qilgan. Devid esa rafiqasining tarixiy mehmonxonaga kirib borayotgan videosini ham e’lon qilgan.

Ma’lumot uchun, manbaga ko‘ra, Bekhemlar joylashgan mehmonxonada bir kecha tunash narxi taxminan 2 ming funt sterlingni tashkil etadi. Devid va Viktoriya Bekhem 1999-yilda turmush qurgan bo‘lib, ularning munosabatlari futbol olamidagi eng mashhur juftliklardan biri sifatida tanilgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting