locale OZ

Devid Bekhem Lionel Messini 39 yoshga to‘lgani bilan tabrikladi

Angliyalik afsona oʻzining samimiy tilaklarini yoʻlladi.
Futbol
Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Devid Bekhem Lionel Messini 39 yoshga to‘lgani bilan tabrikladi
FOTO: Getty Images

Angliya futboli afsonasi va “Inter Mayami” klubi hamkori Devid Bekhem Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messini tavallud ayyomi bilan tabrikladi.

Bekhem ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida Messi bilan tushgan suratlarini ulashib, unga samimiy tilaklarini yo‘lladi.

“Tug‘ilgan kuning bilan, Leo. Maydonda ham, maydon tashqarisida ham haqiqiy professional bo‘lib qolayotganing uchun rahmat. Senga va oilangga eng ezgu tilaklarimni bildiraman”, — deb yozdi Bekhem.

Maʼlumot uchun, Messi 2023-yildan buyon “Inter Mayami” safida faoliyat olib bormoqda va jamoaning eng muhim futbolchilaridan biri hisoblanadi.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting