locale OZ

Desire Due jarohati sababli bir necha haftaga safdan chiqdi

«PSJ» hujumchisi «Loryan»ga qarshi bahsda jarohat olgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Desire Due jarohati sababli bir necha haftaga safdan chiqdi
FOTO: Getty Images

«PSJ» hujumchisi Desire Due son mushagidagi jarohat sababli bir necha haftaga safdan chiqdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Futbolchi Liga 1'ning 10-turidan oʻrin olgan «Loryan»ga (1:1) qarshi bahsda jarohat olgandi. Klub maʼlumotiga koʻra, Due xalqaro tanaffusdan soʻng qoʻshimcha tibbiy tekshiruvlardan oʻtadi.

Maʼlumot uchun, Due joriy mavsum barcha turnirlarda 8 ta oʻyinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 90 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting