locale OZ

Desham: «Paragvayga qarshi o‘yin juda og‘ir kechdi»

Fransiya ustozi Paragvayga qarshi bahs haqida fikr bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Desham: «Paragvayga qarshi o‘yin juda og‘ir kechdi»
ФОТО: Getty images

Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Didye Desham Paragvay ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng raqibning o‘yin uslubi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Bu oson o‘yin bo‘lmadi. Agar uchrashuv oxirida yaratgan imkoniyatlarimizdan birini golga aylantirganimizda, g‘alaba ancha yengilroq bo‘lardi. Paragvayliklar barcha mumkin bo‘lgan usullardan foydalandilar. Bu muxlislarga yoqadigan futbol emas, ammo biz diqqatimizni yo‘qotmadik, bu esa oson emas. Paragvay jismonan juda kuchli jamoa va himoyada ham a'lo harakat qiladi. Bu biz uchun yana bir muhim qadam bo‘ldi.

Janubiy Amerika jamoalariga qarshi har doim qiyin, ammo futbolchilarim vazifani uddalaganidan juda mamnunman. Biz chorak finalga chiqdik va endi shu natijadan zavqlanishimiz kerak", — dedi Desham FIFA rasmiy saytiga.

Qayd etilishicha, o‘yindan keyin qator OAV Paragvay futbolchilarining harakatlarini o‘ta qo‘pol va haddan tashqari tajovuzkor deb baholadi.

Endi Fransiya terma jamoasi Jahon chempionati chorak finalida Marokashga qarshi maydonga tushadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting