locale OZ

Desham Kamavingani nega milliy terma jamoaga chaqirmaganiga munosabat bildirdi

Eduardu yakuniy qaydnomaga kiritilmadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Desham Kamavingani nega milliy terma jamoaga chaqirmaganiga munosabat bildirdi
ФОТО: Getty images

Fransiya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Didye Desham 2026 yilgi Jahon chempionati uchun tarkib tanloviga izoh berdi.

U "Kristal Pelas" futbolchilari — Maksans Lakrua va Jan-Filipp Matetani chaqirganini, ammo "Real Madrid" yarim himoyachisi Eduardu Kamavingani ro'yxatga kiritmaganini sabablari bilan tushuntirdi.

«Mart oyida u (Lakrua) juda yaxshi o'ynadi. U himoyaning chap va o'ng qanotida birdek harakat qila oladi. Menga har bir pozitsiya uchun uchta variant kerak edi [ya'ni har bir pozitsiyaga alohida uch nafar emas]. Yarim himoyada esa Kamavingadan tashqari besh nafar futbolchimiz bor. Ular chapda ham, o'ngda ham o'ynay oladi va asosiy tarkibda tushishga tayyor.

Hujum chizig'ida Mateta jamoamizda ham, klubida ham juda samarali o'ynamoqda. Uning o'yin uslubi boshqacha va ma'lum paytda bizga asqotishi mumkin», — deya Deshamning so'zlaridan keltiradi RMC Sport.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting