locale OZ

Desham JCH—2026ning asosiy favoritini aytdi

Fransiya turnirdagi ishtirokini bugun boshlaydi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Desham JCH—2026ning asosiy favoritini aytdi
ФОТО: Getty images

Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Didier Desham Ispaniya milliy terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatining asosiy favoriti deb atadi.

«Agar haqiqatan ham favorit bo‘lsa, unda bu Ispaniya. Shubhasiz, Fransiyada yuqori darajadagi salohiyat bor, lekin oldinda hali uzoq yo‘l bor. Bizda tarkib yangilandi, yuqori saviyadagi futbolchilar paydo bo‘ldi, lekin ularning ba’zilari uchun bu birinchi jahon chempionati bo‘ladi.

Men Fransiya terma jamoasini boshqalardan kuchliroq deb hisoblamoqchi emasman, lekin asosiy favorit Ispaniya, bunga hech qanday shubham yo‘q», — deya Deshamdan iqtibos keltiradi L’Equipe.

Turnirda Ispaniya terma jamoasi N guruhida ishtirok etadi, u yerda uning raqiblari Kabo-Verde, Saudiya Arabistoni va Urugvay hisoblanadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting