Desham Fransiya terma jamoasining imkoniyatlardan foydalanishini tanqid qildi
Bugun Fransiya chorak finalda Marokashga qarshi maydonga tushadi.
Foto: Getty Images
Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham JCh-2026 chorak finalida Marokashga qarshi o‘yin oldidan jamoasining hujumdagi samaradorligi haqida fikr bildirdi.
Deshamning ta’kidlashicha, Fransiya turnir davomida yaxshi natija ko‘rsatayotgan bo‘lsa-da, gol urish imkoniyatlaridan yanada unumliroq foydalanishi kerak.
“Biz juda samaralimız, ammo bundan ham samaraliroq bo‘lishimiz mumkin. Turnirda qanchalik uzoqqa borsak, bu shunchalik muhim bo‘lib boradi. 100 foizlik samaradorlik, albatta, ideal holat bo‘lardi”, — dedi Desham.
Ma’lumot uchun, Fransiya terma jamoasi JCh-2026da hozirga qadar 5 ta uchrashuvda 14 ta gol urgan.
Bugun Fransiya chorak finalda Marokashga qarshi maydonga tushadi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist