Desham: «Fransiya bronza uchun ham oxirigacha kurashadi»
Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Didye Desham Jahon chempionati–2026 uchinchi o‘rin uchun Angliyaga qarshi bahs oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Bu o‘rtoqlik uchrashuvi emas va, albatta, biz ishtirok etishni orzu qilgan o‘yin ham emas. Ammo shunday bahs bor va unda qo‘lga kiritilishi kerak bo‘lgan bronza medali mavjud.
Murabbiylar shtabi va futbolchilarning burchi — ushbu so‘nggi maqsadga erishish uchun bor kuchini ishga solish. Albatta, bu final emas va ahamiyati ham undan kamroq. Ammo biz bu yerdamiz va o‘z vazifamizni munosib bajarishimiz kerak», — dedi Desham FIFA rasmiy saytiga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Fransiya terma jamoasi Jahon chempionati–2026 yarim finalida Ispaniyaga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan edi. Endi fransuzlar 19 iyul kuni Angliyaga qarshi uchinchi o‘rin uchun maydonga tushadi.