locale OZ

Desham faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Desham faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin
FOTO: Getty Images

Saudiya Arabistoni suveren jamg'armasi Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Didye Deshamga JCh-2026'dan keyin hamkorlik qilishni taklif qildi. Bu haqda jurnalist Sasha Tavoliyeri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, saudiyaliklar fransiyalik mutaxassisni mahalliy ligadagi jamoalardan birining boshqaruvida ko'rishni xohlashadi.

Qayd etilishicha, murabbiy bu qiziqishdan mamnun bo'lgani, biroq ayni damda butun e'tiborini terma jamoa bilan ishlashga qaratganini ma'lum qilgan.

Eslatib o'tamiz, Desham 2012-yildan buyon Fransiya terma jamoasini boshqarib kelmoqda va 2018-yilda Jahon chempioniga aylandi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting