locale OZ

Desham: «Biz millionlab fransuzlarga quvonch ulashish imkoniyatini boy berdik»

Fransiya JCH-2026ni medallarsiz yakunladi.
Desham: «Biz millionlab fransuzlarga quvonch ulashish imkoniyatini boy berdik»
ФОТО: Getty images

Fransiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Didye Desham Jahon chempionatidagi ishtirokni sarhisob qilib, musobaqa natijalariga munosabat bildirdi.

“Mag'lubiyat har doim alamli. Shunga qaramay, bajarilgan ishdan qoniqish hissi bor. Albatta, turnirni uchinchi o‘rin bilan yakunlaganimiz yaxshiroq bo‘lardi. Bizda katta maqsadlar bor edi va yo‘l davomida ko‘plab yaxshi ishlarga erishdik. Ispaniyaga qarshi o‘yinda esa o‘z futbolimizni namoyish eta olmadik, raqib esa bizga qarshi juda yaxshi o‘ynadi.

Hammasi ham yomon emas. Bizda iqtidorli jamoa bor va natijaga erishish uchun barcha imkoniyatlar mavjud edi. Shaxsan men uchun bu ajoyib sayohat bo‘ldi. Ajoyib sakkiz hafta o‘tkazdik.

Natija nuqtai nazaridan, albatta, ko‘ngilsizlik bor. Biz o‘nlab millionlab fransuzlarga quvonch bag‘ishlash imkoniyatiga ega edik. Bu Jahon chempionati. Bundan go‘zal musobaqa yo‘q. Fransiya terma jamoasi libosini kiyishdan ham ortiq sharaf yo‘q”, — dedi Desham.

Ma’lumot uchun, Fransiya milliy jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionatida kutilgan natijaga erisha olmadi va musobaqani medalsiz yakunladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting