«Deportivo» La Ligaga qaytdi
Jamoa chempionat yakuniga bir tur qolganda vazifani bajardi.
ФОТО: Getty images
La-Korunya shahrining “Deportivo” jamoasi La Ligaga qaytdi va kelasi mavsumda Ispaniya chempionatining oliy divizionida ishtirok etadi.
Jamoa Ispaniya Segunda'sining 41-turida “Valyadolid” ustidan 2:0 hisobida g'alaba qozonib, yo'llanmani qo'lga kiritdi.
“Deportivo” safida hujumchi Bil Dornol Nsongo Tonfak dubl qayd etdi.
41 ta o'yindan so'ng Ispaniyaning ikkinchi divizionida "Deportivo" 77 ochko to'plab, turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda. Jamoa “Almeriya”dan 6 ochko oldinda.
Chempionat yakuniga yana bir tur qolganini hisobga olsak, "Deportivo" ikkinchi o'rindan pastga tushmaydi va shu tariqa kelasi mavsumda La Ligada ishtirok etadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist