locale OZ

Depay Meksika chempionatiga yo‘l olishi mumkin

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Depay Meksika chempionatiga yo‘l olishi mumkin
Фото: Getty Images

“Korintians” hujumchisi Memfis Depay faoliyatini Meksikada davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur yozmoqda.

Manbaga ko‘ra, “Pachuka” jamoasi niderlandiyalik 31 yoshli hujumchini o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda. Braziliyalik klubda moliyaviy muammolar kuzatilmoqda. Natijada klub Depayga maosh to‘lashda qiynalishi mumkin.

“Pachuka" klubi ushbu vaziyatdan foydalanib ko‘radi. Shuningdek, unga "Beshiktosh" va PSV klublari ham da’vogarlik qilmoqda.

Memfis Depayning "Korintians" bilan shartnomasi 2026 yil oxirigacha mo‘ljallangan bo‘lib, uning transfer narxi Transfermarkt portali tomonidan 10 mln yevroga baholangan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting