locale OZ

Denzel Dumfris «Real Madrid»ga o‘tishni eng ma’qul variant deb hisoblamoqda

Shuningdek, «Liverpul» ham niderlandiyalik futbolchiga qiziqishini saqlab turibdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Denzel Dumfris «Real Madrid»ga o‘tishni eng ma’qul variant deb hisoblamoqda
FOTO: Getty Images

Madridning «Real» klubi «Inter» jamoasi o‘ng qanot himoyachisi Denzel Dumfrisning yaqin atrofidagilari bilan muzokaralar olib bormoqda. Taniqli insayder va jurnalist Fabrisio Romanoning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida xabar berishicha, 30 yoshli niderlandiyalik futbolchi faoliyatini davom ettirish uchun aynan Ispaniya grandini eng asosiy va ma’qul variant sifatida ko‘rmoqda.

Manbaga ko‘ra, himoyachining amaldagi shartnomasida ko‘rsatilgan tovon puli miqdori avvalroq OAVda tarqalganidek 25 million yevro emas, balki 20 million yevroni tashkil etadi. Shuningdek, bosh murabbiy Arne Slot iste’foga chiqarilganiga qaramay, Angliyaning «Liverpul» klubi ham Dumfrisga bo‘lgan jiddiy qiziqishini saqlab qolgan va futbolchi uchun kurashni davom ettirmoqda.

Yakunlangan mavsumda niderlandiyalik futbolchi «Inter» tarkibida barcha turnirlarni qo‘shib hisoblaganda jami 28 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol va 2 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, uning ayni paytdagi transfer bozori qiymati 25 million yevroga baholanmoqda, Milanning «Inter» klubi bilan tuzilgan amaldagi shartnomasi esa 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting