Demichelis «Leyptsig» bosh murabbiyi – Romano
Sobiq «Bavariya» va «Manchester Siti» himoyachisi Martin Demichelis Bundesligada ish boshlashi mumkin.
Hozirda «Malorka» klubini boshqarayotgan bo‘lsa-da, yaqin orada «Leyptsig» jamoasining bosh murabbiyiga aylanadi. Bu haqda jurnalist va insayder Fabrizio Romano ijtimoiy tarmoqda xabar berdi.
Manba ma'lumotiga ko'ra, nemis klubi mutaxassis uchun tovon puli to‘laydi. Argentinalik murabbiy «buqalar» boshqaruvida Ole Verner o‘rnini egallaydi.
Futbolchilik faoliyati davomida Demichelis «Bavariya» bilan to‘rt karra Germaniya chempioni bo‘lgan. «Manchester Siti» safida esa Angliya Premyer-ligasi oltin medalini qo‘lga kiritib, ikki bor Liga kubogini yutgan. Shuningdek, u Argentina terma jamoasi safida 51 ta o‘yinda ishtirok etgan.
Murabbiy sifatida u «Bavariya»ning ikkinchi jamoasida ishlagan, shuningdek River Pleyt va Monterrey klublarini boshqargan.