locale OZ

Dembelening tanaffusdagi tanqidi Fransiya kiyinish xonasida bahs uyg‘otdi

Dembele futbolchilardan raqibga nisbatan faolroq bosim o‘tkazishni talab qilgan va jamoaning pressingi talab darajasida ishlamayotganini aytgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Dembelening tanaffusdagi tanqidi Fransiya kiyinish xonasida bahs uyg‘otdi
Foto: Getty Images

JCh-2026 yarim finalida Ispaniyaga qarshi kechgan uchrashuvning tanaffusida Fransiya terma jamoasi hujumchisi Usmon Dembele jamoadoshlariga murojaat qilib, jamoaning pressing harakatlarini keskin tanqid qilgani ma'lum bo‘ldi. Bu haqda L'Équipe xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Dembele futbolchilardan raqibga nisbatan faolroq bosim o‘tkazishni talab qilgan va jamoaning pressingi talab darajasida ishlamayotganini aytgan. Biroq uning bu chiqishi kiyinish xonasidagi barcha futbolchilar tomonidan birdek ijobiy qabul qilinmagan. Ayrim jamoadoshlar bunday tanqidni noo‘rin deb hisoblagan.

Eslatib o‘tamiz, Fransiya yarim finalda Ispaniyaga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lib, JCh-2026 finaliga chiqa olmadi. Mag‘lubiyatdan so‘ng jamoa ichidagi muhit va futbolchilarning o‘zaro munosabatlari Fransiya OAVlarida keng muhokama qilinmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting