locale OZ

Dembеле va Kvaratsxeliya «PSJ» bilan yangi shartnoma imzolashga yaqin

Klub muzokaralarni davom ettirmoqda.
Dembеле va Kvaratsxeliya «PSJ» bilan yangi shartnoma imzolashga yaqin
ФОТО: Getty images

«PSJ» klubi Usmon Dembele va Xvicha Kvaratsxeliya bilan shartnomalarni uzaytirish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda.

Jurnalist Abdella Boulmaning ma’lumotiga ko‘ra, Dembele yangi bitimni 2030-yilgacha, Kvaratsxeliya esa 2031-yilgacha uzaytirishga yaqin turibdi.

29 yoshli Dembelening amaldagi shartnomasi 2028-yil yozigacha mo‘ljallangan edi. «Oltin to‘p-2025» sohibi bo‘lgan fransuz futbolchisi «PSJ»da qolish istagini bildirgan va tomonlar yangi shartnoma bo‘yicha prinsipial kelishuvga erishgan. Yangi bitim 2030-yilgacha amal qilishi kutilmoqda.

25 yoshli Xvicha Kvaratsxeliya bilan vaziyat ham ijobiy tomonga o‘zgarmoqda. Gruziyalik vingерning amaldagi shartnomasi 2029-yil yozigacha amal qiladi. «PSJ» futbolchi bilan muzokaralarni bir necha haftadan buyon olib bormoqda va yangi kelishuvni 2031-yilgacha uzaytirish varianti muhokama qilinmoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting