locale OZ

Dembele: «Shartnomani uzaytirmaslik uchun hech qanday sabab koʻrmayapman»

«PSJ» hujumchisi jamoadagi kelajagi borasida fikr bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Dembele: «Shartnomani uzaytirmaslik uchun hech qanday sabab koʻrmayapman»
FOTO: Getty Images

«Pari Sen-Jermen» hujumchisi Usmon Dembele Chempionlar Ligasining 1/8 finali doirasida «Chelsi»ga qarshi kechadigan javob uchrashuvi oldidan klub bilan shartnomasini uzaytirish masalasida o‘z fikrlarini bildirdi.

«Shartnomani uzaytirmaslik uchun hech qanday sabab ko‘rmayapman, biroq qarorlarni men qabul qilmayman. Shartnomam bo‘yicha muzokaralar klub va agentim o‘rtasida kechmoqda. Faoliyatim boshidanoq bu kabi jarayonlarga aralashmaganman», — deya Dembelening so‘zlarini keltiradi RMC Sport.

Joriy mavsumda Dembele klub safida 27 ta uchrashuvda maydonga tushib, 12 ta gol va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Futbolchining parijliklar bilan amaldagi kelishuvi 2028-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portalining ma’lumotlariga ko‘ra, fransuz hujumchisining bozor qiymati 100 million yevroni tashkil etadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting