Dembele «PSJ» bilan shartnomani yaxshilash boʻyicha muzokaralar olib bormoqda
Fransiya milliy jamoasi va «PSJ» klubi hujumchisi Usmon Dembele «Oltin toʻp — 2025» mukofotini qoʻlga kiritganidan soʻng parijliklar rahbariyatidan shartnomasini yaxshilashni soʻramoqda. Bu haqda L'Équipe nashri xabar bermoqda.
Manbaga koʻra, hozirda «PSJ» sport maslahatchisi Luish Kampush va futbolchining vakili Mussa Sissoko oʻrtasida muzokaralar davom etmoqda.
Qayd etilishicha, klub fransiyalik futbolchi bilan shartnomani uzaytirishdan manfaatdor, biroq jamoaning soʻnggi yutuqlarini jamoaviy mehnat natijasi sifatida baholamoqda.
Hozirgi bitimga koʻra, Dembele yiliga soliqlardan tashqari 18 million yevro maosh oladi.
Maʼlumot uchun, Usmon oʻtgan mavsum barcha turnirlarda 53 ta oʻyinda maydonga tushib, 35 ta gol urdi va 16 ta golli uzatmani amalga oshirdi. U «PSJ» tarkibida Chempionlar ligasi, Liga 1, Fransiya kubogi va Superkubogi gʻolibiga aylandi.