Dembele «PSJ» — «Bavariya» bahsining eng yaxshi futbolchisi deb topildi
UЕFA Chempionlar Ligasida birinchi yarimfinalning dastlabki o‘yini bo‘lib o‘tdi.
ФОТО: Getty images
“PSJ” va “Bavariya” seshanba oqshomida Chempionlar ligasining to‘qqizta gol kiritilgan juda yorqin yarim finalini o‘tkazdi.
Parijliklar o‘z maydonida 5:4 hisobida g‘alaba qozondi. Final hushtagi yangraganidan so‘ng, “PSJ” hujumchisi Usmon Dembele uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi sovrinini oldi.
O‘tgan o‘yinda Dembele dubl qayd etdi va burchakdan Joau Neveshga golli uzatma berdi.
“Bavariya” va “PSJ” o‘rtasidagi javob o‘yini kelasi hafta – 6-may kuni bo‘lib o‘tadi. Chorshanba kuni, 29-aprelda Chempionlar ligasining ikkinchi yarim final uchrashuvi bo‘lib o‘tadi – “Atletiko” “Arsenal”ni qabul qiladi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist