Dembele jarohati sabab klublar o'rtasidagi Jahon chempionatining ilk o'yinini o'tkazib yuboradi
FOTO: Getty Images
Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati
15.06.2025, Yak.
Paris Saint-Germain
4
Atletico Madrid
0
Fransiyaning PSJ klubi hujumchisi Usmon Dembele jarohati sabab klublar o'rtasidagi Jahon chempionatining ilk o'yinini o'tkazib yuboradi. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, Dembele 15-iyun kuni bo'lib o'tadigan “Atletiko Madrid”ga qarshi o'yinda jamoasiga yordam bera olmaydi. Futbolchi chap oyog'idan jarohat olgan va tiklanish uchun uch hafta kerak bo'ladi.
Ma'lumot uchun, Usmon Dembele o'tgan mavsum barcha turnirlarda 49 ta o'yinda maydonga tushib, 33 ta gol urdi va 15 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 90 million yevroga baholanmoqda.
Nasrullo Karimov
Jurnalist