KJCh. \"Atletiko Madrid\" yirik hisobda mag'lubiyatga uchradi
Shu kunlarda klublar o'rtasidagi Jahon chempionati o'yinlari boshlanib ketdi.
Birinchi turning markaziy o'yinlaridan birida yaqinda Yevropa chempionlar ligasi kubogini boshi uzra baland ko'targan Fransiyaning PSJ klubi Ispaniyaning “Atletiko Madrid” jamoasiga qarshi o'yin o'tkazdi. Ushbu qarama-qarshilikda Diego Simyone shogirtlari yirik 4:0 hisobida mag'lubiyatga uchradi.
KJCH. 1-tur. B guruhi
PSJ — “Atletiko Madrid” 4:0
Gollar: Ruis (19), Vitinya (45+1), Mayulu (87), Li Kan In (90+6, penalti).
PSJ — Donnarumma, Hakimi, Markinos, Pacho, Mendesh (Ernandes, 79), Vitinya, Nevesh, Ruis (Li Kan In, 72), Due (Mbaye, 80), Kvaratsxeliya (Zair-Emeri, 72), Ramush (Mayulu, 66).
"Atletiko Madrid" — Oblak, Lorente, Le Norman, Langle, Galan (Mandava, 62), Simeone (Korrea, 62), de Paul (Gallvher, 62), Barrios (Syorlot, 70), Lino (Koke, 46), Alvares, Grizmann.
Ogohlantirishlar: Langle (20), Le Norman (25), Ruis (28), Simeone (29), Koke (48), Markinos (61), Korrea (63), Mandava (64).
Chetlatish: Langle (78).