Dembele Fransiya terma jamoasi safida jarohat oldi
ФОТО: Getty images
PSJ hujumchisi Usmon Dembele Fransiya terma jamoasining Ukrainaga qarshi saralash o‘yinida jarohat oldi. Uchrashuv fransuzlarning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
L'Equipe xabariga ko‘ra, "PSJ" rahbariyati asosiy hujumchining jarohatidan g‘azablangan.
Qayd etilishicha, parijliklarning tibbiy shtabi murabbiylar shtabiga futbolchining juda charchagani va Ukraina bilan o‘yinda qatnashmasligi kerakligini aytishgan.
Shunga qaramay, Dembele o‘yinning ikkinchi bo‘limida maydonga tushdi, keyin esa 81-daqiqada tizzasidan olgan jarohati tufayli almashtirildi.
Eslatib o‘tamiz, Fransiya terma jamoasi navbatdagi o‘yinini 9 sentyabr kuni Islandiyaga qarshi o‘tkazadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist